Xona gullarining xavfli jihatlari ochiqlandi

Foydali

image

Ko‘pchilikning uyida xona gullari mavjud. Bunday turdagi gullar nafaqat xonaga chiroy bag‘ishlaydi, balki inson salomatligi uchun xizmat qilishi ham hech kimga sir emas.

Xona gullarining xavfi haqida eshitganmisiz? “Aif.ru” portali bunday gullarning zararli xususiyatlari haqida ma’lumot berdi. 

Mutaxassisning fikriga ko‘ra, gullarga allergiyasi bor odamning muammosi gul o‘sadigan tuproq bilan bog‘liq bo‘ladi. Allergiyaga esa boshqa mamlakatlardan keltirilgan sifatsiz tuproq yoki tuproq yuzasida hosil bo‘lgan mog‘or sabab bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, mutaxassis tarkibida zaharli sharbati bo‘lgan o‘simliklarni juda ehtiyotkorlik bilan parvarish qilish kerakligini aytgan. Masalan, uy hayvonlari bunday o‘simliklarni chaynashidan, bolalar ularning bargini uzishidan saqlanish lozim. 

O‘simlikdagi zaharli suyuqlik undan kuyish yoki zaharlanishni keltirib chiqarishi mumkin. Zaharli sharbat monstera, alokaziya, diffenbaxiya kabi o‘simliklarda mavjud. 

Shuningdek, florist yotoqxonaga hidi kuchli bo‘lgan gullarni qo‘yishni tavsiya etmagan. Ular bosh og‘rig‘iga sabab bo‘lishi mumkinligi aytilgan.


Maqola muallifi

Teglar

XONA GULLARI

Baholaganlar

414

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar