Xomanaiy Erondan uranni olib chiqishni taqiqladi – OAV

Olam

image

Eron Oliy rahnamosi Mujtabo Xomanaiy mamlakatdan yuqori darajada boyitilgan uranni olib chiqishni taqiqlovchi ko‘rsatma berdi. Bu haqda “Reuters” agentligi ikki nafar yuqori lavozimli eronlik manbasiga tayanib xabar berdi.

Agentlik suhbatdoshlaridan biriga ko‘ra, bu pozitsiyani Eron siyosiy elitasi ham to‘liq qo‘llab-quvvatlamoqda.

Oradan ko‘p o‘tmay, “Al Jazeera” jurnalisti Ali Hoshim o‘z manbasiga tayanib, X ijtimoiy tarmog‘ida Xomanaiy bunday hujjatni imzolamaganini ma’lum qildi. Manba bu xabarni “tinchlik kelishuviga qarshi tomonlarning targ‘iboti” deb atagan.

Uning aytishicha, Eronning boyitilgan uran bo‘yicha pozitsiyasi o‘zgarmagan: mamlakat uni mustaqil ravishda suyultirishda davom etadi.

Boyitilgan urandan voz kechish Amerika Qo‘shma Shtatlarining Eron oldiga qo‘yayotgan asosiy talablaridan biri hisoblanadi. Vashington Tehron yadroviy dasturini to‘liq to‘xtatishi kerakligini ta’kidlamoqda. Eron Tashqi ishlar vazirligi esa boyitilgan uranni uchinchi davlatlarga topshirish masalasi muhokama qilinmasligini bir necha bor bildirgan.

18 may kuni “Al Hadath” telekanali manbalariga tayanib, Eron muayyan shartlar asosida boyitilgan uranni AQSH o‘rniga Rossiyaga topshirishga rozi ekani haqida xabar bergan edi. Bu masala muhokama qilinganini AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens ham tasdiqlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron ma’lum shartlar asosida boyitilgan uranni Rossiyaga topshirishga rozi bo‘lgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron boyitilgan uran Mujtabo Xomanaiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing