Xomanaiy dollarga qaramlikni kamaytirish yo‘lini aytdi

Olam

image

Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy bugun, 22 yanvar kuni xususiy sektor vakillari bilan uchrashuv chog‘ida mamlakatning dollarga qaramligini kamaytirish uchun BRICS moliyaviy tizimini yaratish muhimligini ta’kidladi. Bu haqda IRNA xabar berdi.

Uning qayd etishicha, bu chora-tadbirlar Eron iqtisodiyotining asosiy muammolaridan birini hal qilishga yordam beradi. Xomanaiy o‘z nutqi davomida BRICS'ga a’zo davlatlar o‘rtasidagi moliyaviy almashinuv tashqi bosim va qattiq iqtisodiy sanksiyalardan aziyat chekayotgan mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatni sezilarli darajada yaxshilashi mumkinligiga ishonch bildirdi.

U, shuningdek, 21 yanvar kuni xususiy sektor yutuqlari ko‘rgazmasiga tashrif buyurgani va u yerda inqirozda erishilgan yutuqlarni olqishlaganini aytdi.

“Ko‘rgazma mamlakat voqeligining kichik bir qismini aks ettirgan bo‘lsa-da, xususiy sektor tashqi bosimlarga qaramay, sezilarli yutuqlarga erishganini ko‘rsatadi”, dedi u.

Rahbar o‘z murojaatida yoshlarni milliy yutuqlardan xabardor qilishda faol media siyosatini olib borish zarurligini ta’kidladi. Mamlakat erishgan mehnat samarasi va yutuqlarini yanada faolroq ko‘rsatish zarurligini ta’kidladi. Eron konstitutsiyasining 44-moddasiga asoslangan iqtisodiy siyosatning amalga oshirilishini tanqidiy baholar ekan, Xomanaiy uni amalga oshirishdagi kamchiliklarga to‘xtalib, bu kamchiliklar so‘nggi yillarda iqtisodiy pasayish sabablaridan biri bo‘lganini ta’kidladi.

Eron oliy rahbari hozirgi iqtisodiy vaziyatni “iqtisodiy urush” deb ta’riflab, bu borada xususiy sektorning o‘rni muhimligini ta’kidlab, ishlab chiqarishning izchil o‘sishi zarurligini eng muhim vazifa deb e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga Qozondagi BRICS sammitida davlatlararo assotsiatsiyaning “ramziy banknotasi” taqdim etilgandi. Davlat rahbari “banknot”ni Markaziy bank rahbari Elvira Nabiullinaga topshirdi, biroq u  “kvazimipul”ni yoqtirmagandi. Rossiya Prezidenti matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, “BRICS banknotasi” yig‘ilishning rossiyalik ishtirokchilaridan biri tomonidan chop etilgan. Uning fikricha, buni Savdo-sanoat palatasi vakillari amalga oshirgan bo‘lishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

dollar Eron BRICS Oyatulloh Ali Xomanaiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing