Xolandni 75 mln yevroga sotib olish orzuga aylanishi mumkin

Sport

image

Norvegiyalik futbolchi Erling Xolandning "Borussiya Dortmund" bilan imzolagan shartnomasida potensial xaridor hujumchini sotib olishi istasa, xarid narxi 75 million yevroni tashkil  qilishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Biroq bu band joriy yilning 30 apreliga qadar amal qiladi. Bu haqda “Bild” nashriga tayanib, “Marca” xabar berdi.

Agar, 30 aprelga qadar hech bir klub norvegiyalik hujumchini sotib olmagan bo‘lsa, Dortmund klubi Xoland transferi uchun yuqoriroq summa talab qilishi mumkin bo‘ladi. So‘nggi paytlarda "Manchester Siti", "Real Madrid" va "Barselona" klublari Erlingga asosiy da’vogarlar sifatida ko‘rilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Erling Xolandning “Borussiya  Dortmound” bilan imzolagan shartnomasi  2024 yilda yakuniga yetadi. Kelishuv bekor qilingan taqdirda norvegiyalikning shartnomasidagi tovon puli 75 million yevroni tashkil qiladi. Ushbu mavsumda Erling “Borussiya” safida barcha musobaqalar doirasida 21 ta uchrashuvda maydonga tushib 23 ta gol va 6 golli uzatma amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali Erling Xolandni 150 million yevroga baholamoqda.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

169

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing