Xoland Ronalduning rekordini takrorladi
Sport
−
23 Sentabr
1950“Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland 22 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan Angliya chempionati 5-turi doirasida “Arsenal”ga qarshi o‘yinda gol urdi. Norvegiyalik uchun bu gol turli musobaqalarda “shaharliklar” safida kiritgan 100-gol bo‘ldi.
Bu ko‘rsatkichga erishish uchun Xolandga 105 o‘yin kerak bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, XXI asrning eng kuchli 5 ta Yevropa chempionatida faqat Ronaldu 100 ta golni 105 ta bahsda ura olgan.
Portugaliyalik futbolchi o‘z vaqtida “Real Madrid” safida ana shunday natijaga erishgan. Shu tariqa Erling Xoland hozirda Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubida to‘p surayotgan Krishtianu Ronalduning rekordini takrorlashga muvaffaq bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” Angliya chempionatining ortda qolgan 5 ta turidan keyin 4 ta g‘alaba va 1 ta durang bilan 13 ochko jamg‘arib, 1-o‘rinda bormoqda. “Shaharliklar” keyingi o‘yinini 28 sentyabr kuni mamlakat chempionati 6-turi doirasida safarda “Nyukasl”ga qarshi o‘tkazadi.
LiveBarchasi