Xoland Mbappe bilan raqobati haqida gapirdi

Sport

image

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland PSJ hujumchisi Kilian Mbappe bilan raqobati haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda "Chempionat" nashri xabar berdi.

"Ronaldu va Messi o‘rtasidagi raqobat bir-birining muvaffaqiyatlariga turtki bo‘lgani kabi, Mbappe bilan raqobatimiz ham ijobiy bo‘ladi deb o‘ylayman, ammo men hech qachon o‘zimni hech kim bilan solishtirmayman", deydi Xoland.

Ta’kidlash joiz, futbol ekspertlari 22 yoshli Xoland va 24 yoshli Mbappe yaqin yillar ichida futbol olamining yangi "Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi"siga aylanishini taxmin qilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilgi Qatarda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida Kilian turnirning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Fransiya terma jamoasi Jahon chempionati finalida Argentina terma jamoasiga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi. Norvegiyaliklar esa Jahon chempionatining final bosqichiga chiqa olmagan edi.

Mushtariy G‘aniyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

295

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing