Xoland futbol tarixida Ronaldudan keyingi ikkinchi futbolchiga aylandi

Sport

image

Kecha, 31 avgust kuni UEFA 2022/2023 yilgi mavsumning eng yaxshilarini aniqlash marosimi o‘tkazildi, unda “Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland Yevropada ortda qolgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 

Norvegiyalik futbolchi o‘tgan mavsumda “shaharliklar” nomidan 53 o‘yinda maydonga tushib, 61 ta golga mualliflik qildi va jamoa bilan treblga erishdi. Aytish joiz, mazkur sovrin uchun, shuningdek, “Inter Mayami” (PSJ) futbolchisi Lionel Messi hamda “Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne da’vogar bo‘lib turgan edi.

Shuningdek, Xoland o‘tgan mavsumda Angliya futbol jurnalistlari assotsiatsiyasi (FWA) va Professional futbolchilar assotsiatsiyasi (PFA) tomonidan ham eng yaxshi deb tan olingan. Bu natija orqali 23 yoshli forvard dunyo futbolida Krishtianu Ronaldu tomonidan qayd etilgan natijani takrorladi. Portugaliyalik 38 yoshli hujumchi 2007/2008 yilgi mavsumda aynan UEFA, FWA va PFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilgan. Shu bilan birga, Ronaldu o‘sha mavsumda “Oltin to‘p”ga ham ega chiqqan edi. 

Ahamiyatlisi, norvegiyalik yarim himoyachi 2022/2023 yilgi mavsumdagi “Oltin to‘p” sovrini uchun ham asosiy da’vogar hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Krishtianu Ronaldu Erling Xoland UEFA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing