Xokkey bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Olimpiya turnirining finalchilari aniqlandi

Sport

image

Kecha, 16 fevral kuni Milanda davom etayotgan qishki Olimpiya o‘yinlari doirasidagi ayollar xokkey turnirining yarim final o‘yinlari yakunlandi. Finalchilar hamda bronza medali uchun kurashadigan jamoalar nomi aniq bo‘ldi.

Yarim final o‘yinlari yakuniga ko‘ra, AQSH ayollar xokkey terma jamoasi va Kanada ayollar xokkey terma jamoasi oltin medal uchun kurash olib boradigan bo‘ldi. Shvetsiya hamda Shveysariya  terma jamoalari esa bronza medali uchun o‘zaro to‘qnash keladi.

Yarim final bahslarida AQSH jamoasi Shvetsiyani 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Kanada esa Shveysariyani 2:1 hisobida yengib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, uchinchi o‘rin uchun bahs hamda final uchrashuvi joriy yilning 19 fevral kuniga rejalashtirilgan.

2026 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari joriy yilning 22 fevral kuniga qadar davom etadi. Musobaqalarda sportchilar jami 116 ta medallar jamlanmasi uchun kurash olib boriladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh xokkey Olimpiya o'yinlari Kanada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing