XOQ Lukashenkoning o‘g‘lini Belarus Milliy Olimpiya qo‘mitasi rahbari sifatida tan olmadi
Sport
−
09 mart 2021
3944Avvalroq Belarus rahbari Aleksandr Lukashenkoning to‘ng‘ich o‘g‘li Viktor Lukashenko Olimpiya assambleyasi tomonidan Belarus Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) prezidenti lavozimiga saylangan edi. Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi (XOQ) Viktor Lukashenkoni Belarus Milliy Olimpiya Qo‘mitasining yangi Prezidenti sifatida tan olmaslikka qaror qildi. Bu haqda XOQning aloqa bo‘yicha direktori Mark Adams matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Joriy yilning 26 fevral kuni Belarus MOQ Prezidenti lavozimiga saylangan Viktor Lukashenko ushbu lavozimda tashkilotni 1997 yildan beri boshqarib kelayotgan Aleksandr Lukashenkoning o‘rnini egalladi.
“XOQ Viktor Lukashenkoni Belarus Milliy Olimpiya qo‘mitasi Prezidenti sifatida tan olmaydi”, deydi Adams.
Shuningdek, saylov natijalari bo‘yicha XOQ Dmitriy Baskovni Belarus MOQ ijroiya qo‘mitasi a’zosi etib saylanganligini ham tan olmadi. Lukashenko va Baskovga qarshi XOQ homiyligidagi barcha tadbirlarda, shu jumladan Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish taqiqlari o‘z kuchida qoldi.
LiveBarchasi