Xodimlarining 70 foizi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan tadbirkorlarga davlat mulki auksionsiz beriladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 mayidan boshlab, xodimlari sonining kamida 70 foizini “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yosh tadbirkorlarga davlat mulki auksionsiz beriladi. Va ulardan 5 yilda davomida ijara haqi undirilmaydi.  Bu haqda bugun, 13 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida yoshlarning bandligi va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida so‘z bordi. 

Ta’kidlanishicha, birinchi yildan boshlab, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan talabalar korxona va kompaniyalarda amaliyot o‘taganda, ularga 500 ming so‘mgacha subsidiya ajratiladi. Birinchi marta ishga kirgan kasb-hunar markazlari bitiruvchilari 6 oygacha daromad solig‘i to‘lashdan ozod etiladi. 

“Joriy yilining 1 mayidan boshlab, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 5 nafardan ortiq ishsizlar bandligini ta’minlagan tadbirkorlarga davlat mulki ijarasi uchun 50 foizgacha imtiyoz beriladi. Shu bilan birga, 1 maydan boshlab, xodimlari sonining kamida 70 foizini “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yosh tadbirkorlarga davlat mulki auksionsiz beriladi. Va ulardan 5 yilda davomida ijara haqi undirilmaydi”, deydi Prezident.

Shavkat Mirziyoyevning qo‘shimcha qilishicha, joriy yilining 1 mayidan boshlab, yoshlarga tadbirkorlik faoliyati uchun kerakli asbob-uskunalarni xarid qilish uchun 10 mln so‘mgacha subsidiya beriladi. Shuningdek, ijaraga bino olib, o‘z biznesini boshlayotgan yoshlarga bir yillik ijara summasining 30 foizigacha qismi davlat tomonidan qoplab beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

99

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing