Xizmat xonasida narkotik iste’mol qilgan amaldor ishdan olindi

Jamiyat

image

Kecha, 9 aprel kuni Andijon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari xizmat xonasida giyohvandlik vositasini iste’mol qilayotgani eks etgan surat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan va keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Mazkur hodisadan so‘ng bo‘lim boshlig‘i va o‘rinbosari ishdan bo‘shatildi. Bu haqda viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi ma’lum qildi.

“Andijon shahri Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i D.U. hamda uning o‘rinbosari S.B. bilan mehnat shartnomasi bekor  qilindi. Holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda”, deyiladi xabarda.

Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovning QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan tezkor-qidiruv tadbiri o‘tkazilgan. Natijada fotosuratdagi fuqarodan 0,69 gramm gashish moddasi musodara qilingan. Sud-kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, modda giyohvandlik moddasi deb topilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olish, tashish yoki jo‘natish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon gashish Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish boshqarmasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing