“Xizb ut-Tahrir” guruhining “amir”laridan biri ushlandi
Olam
−
06 noyabr 2019
7742Qirg‘iziston maxsus xizmat xodimlari “Xizb ut-Tahrir” ekstremistik tashkilot yetakchilaridan birini qo‘lga oldi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston respublika milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga asosan xabar qildi.
“Qirg‘iziston MXDQ tezkor qidiruv tadbir davomida Bishkekda qo‘shni respublikalardan birining fuqarosi bo‘lgan “Xizb ut-tahrir” guruhi “amiri” bo‘lgan fuqaro “Sh.T.”ni qo‘lga oldi. U Qirg‘izistonda yashirin ekstremistik guruhlar faoliyatini muvofiqlashtirish bilan shug‘ullangan”, -deyilgan maxsus xabarnomada.
Ta’kidlanishicha, qo‘lga olingan shaxs qo‘shni respublikada xalqaro qidiruvga e’lon qilingan.
“Sh.T. qalbaki pasportdan foydalangan holda yashirinib yurgan va Qirg‘iziston hududida ekstremistik faoliyatini olib borgan”, deyilgan idorada.
Jinoiy ish qo‘zg‘atilib, fuqaro vaqtincha saqlash izolyatoriga joylashtirildi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 oktyabr kuni Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlariida istiqomat qiluvchi “Xizb ut-Tahrir” diniy-ekstremistik tashkilotining bir guruh a’zolari qo‘lga olingan edi.
LiveBarchasi