Xivadagi uyda ham gaz sababli portlash: 16 yoshli qizning jasadi devor ostidan topildi
3-sahifa
−
08 yanvar 2021
6712Xorazm viloyati Xiva shahridagi xonadonlarning birida sizib chiqqan tabiiy gaz va havo aralashmasi natijasida portlash sodir bo‘lgan. Oqibatda 16 yoshli qiz vafot etgan, xonadon egasi 22 foizlik termik kuyish bilan shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.
Ma’lumqilinishicha, bugun, 8 yanvar kuni soat 03:41 da Xorazm viloyati Xiva shahar Islomxo‘ja ko‘chasi 6-uyda sizib chiqqan tabiiy gaz va havo aralashmasi natijasida portlash sodir bo‘lib, yashash uyining devorlari va tomi qulagan hamda uyning 70 kvadrat metr maydonida tom bostirmasida yong‘in sodir bo‘lgan.
Voqea joyida FVB yong‘in-qutqaruv xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari natijasida soat 04:50 larda uy egasining 2005 yilda tug‘ilgan qizining jasadi bino konstruksiyasi uyumlari orasidan olib chiqilgan. Yong‘inda uy egasi Sh.E. ning yuz qismi, qo‘llari 22 foiz termik kuyib, shifoxonaga yotqizilgan.
Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarining buzilishi chaqnashning asosiy sababi deb taxmin qilinmoqda.
Voqea joyiga viloyat hokimi boshchiligida IIB, FVB, SSB va boshqa tegishli idoralarning kuch hamda vositalari jalb qilinib, favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib borilayotgani ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qarshida ham shunga o‘xshash voqea sodir bo‘lgan edi. Hodisa oqibatida 2 kishi vafot etgan.
LiveBarchasi