Xiva tumani hokimi o‘zgardi
Jamiyat
−
12 avgust 2021 7826 1 daqiqa
Bugun, 12 avgust kuni Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Xiva tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Ozod Matyoqubov egallab turgan vazifasidan ozod qilindi.
Xiva tumani hokimligiga esa Xorazm viloyati bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Hurmat Rahimberganovich Matrasulov tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Guliston va G‘ijduvon tumaniga yangi hokim tayinlangan edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr