Xitoyning to‘rt kemasi bahsli yapon orollari yaqiniga kirdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Bugun, 12 aprel kuni Xitoy dengiz politsiyasining to‘rtta patrul kemasi Sharqiy Xitoy dengizidagi Yaponiya o‘z hududiy suvlari deb biladigan bahsli Senkaku (Dyaoyuydao) orollari yaqinidagi hududga kirdi. Bu haqda TASS agentligi yapon nashrlariga asoslanib, xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kemalardan biri avtomatik to‘pga o‘xshash jihozlar bilan qurollantirilgan. Xitoy kemalari oxirgi marta 16 mart kuni Senkaku orollari yaqinidagi zonaga kirgandi.

Senkaku orollari bo‘yicha mojaro Tokio 2012 yil sentyabrida ularni Yaponiya fuqarolari bo‘lgan xususiy mulkdorlardan sotib olayotganini e’lon qilganidan keyin kuchaydi. Shundan so‘ng XXRda yapon restoranlari va korxonalari vayron bo‘lishi bilan birga ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. O‘shandan beri Xitoy kemalari doimiy ravishda bahsli arxipelag yaqinida kezib, uning qirg‘oq zonasiga borib, o‘zini ko‘rsatib turadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

659

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing