Xitoyning sobiq rahbari 96 yoshida vafot etdi
Olam
−
30 noyabr 2022 8378 1 daqiqa
Xitoyning sobiq rahbari Szyan Szemin 96 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Sinxua” rasmiy axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, sobiq rais oqqon kasalligi va ichki a’zolarning yetishmovchiligidan aziyat chekkan. U bugun, 30 noyabr kuni Shanxay mahalliy vaqti bilan soat 12:13da vafot etgan.
Ma’lumot uchun, Szyan Szemin 1926 yilning 17 avgustida Xitoyning Jiangsu provinsiyasida tug‘ilgan. Xitoyning marhum yetakchisi 1946 yilda Kommunistik Partiya a’zoligiga qabul qilingan. U 1989 yildan 2002 yilgacha Xitoy Kommunistik partiyasi Bosh kotibi bo‘lib ishlagan. 1993 yildan 2003 yilgacha Xitoyga raislik qilgan. Shuningdek, Szemin Markaziy Harbiy Kengashga ham rais bo‘lgan.
Live
Barchasi