Xitoyning eng yangi atom suvosti kemasi cho‘kib ketdi

Olam

image

Joriy yil may oyining oxiri – iyun oyi boshida Xitoyda eng yangi atom suvosti kemasi cho‘kib ketgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda  “The Wall Street Journal” xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, Chjou tipidagi suv osti kemasi o‘z turidagi birinchi suvosti kemasi hisoblanadi. U China State Shipbuilding Corp tomonidan Vuachang kemasozlik zavodida qurilgan. “Planet Labs” sun’iy yo‘ldosh suratlariga tayanilsa, suvosti kemasi oxirgi marta may oyining oxirida Yanszi daryosidagi iskalada ko‘rilgan. Suvosti kemasi u yerda dengizga chiqishdan oldin jihozlangan. Iyun oyi boshida kemani daryo tubidan ko‘tarish uchun kranlar cho‘kish joyiga yetib kelgan. Xitoy rasmiylari esa bu haqiqatni yashirgan.

Maxfiylik pardasi ostida

Cho‘kish vaqtida suvosti kemasida yadro yoqilg‘isi bo‘lgan-bo‘lmagani noma’lum. Favqulodda vaziyatdan keyin suv namunalari olingani haqida hech qanday belgilar yo‘q. Shuningdek, hodisa oqibatida qurbonlar va jarohatlanganlar haqida ham ma’lumot keltirilmagan.

“Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi harbiy-dengiz kuchlari o‘zining yangi, birinchi sinfdagi yadroviy suvosti kemasi iskaladan cho‘kib ketganini yashirishga urinayotgani ajablanarli emas. Mashg‘ulotlar standartlari va jihozlar sifatiga oid aniq savollardan tashqari, bu voqea Xitoy Xalq-ozodlik armiyasining ichki javobgarligi va Xitoyning mudofaa sanoati ustidan nazorati haqida jiddiy savollar tug‘diradi”, degan Pentagondagi manba.

Xitoy suvosti kemalari

2023 yili Pentagon Xitoyning harbiy qudrati to‘g‘risidagi hisobotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 2022 yilning oxirida XXR 48 ta dizel va oltita yadroviy quvvatli suvosti kemasiga ega bo‘lgan.
 
“South China Morning Post” sentyabr oyida Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi Harbiy-dengiz kuchlarida yadroviy kallakka ega ballistik raketalarni olib yura oladigan kamida ikkita suvosti kemasi borligini yozgan edi. Ulardan biri iyun oyida Tayvan bo‘g‘ozida ko‘rilgan. Jurnalning ta’kidlashicha, bu Xitoyda ushbu turdagi qurollarning ko‘pligidan dalolat beradi. Negaki ilgari ular faqat AQSH va Rossiyada bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH hukumati rasmiylari telekommunikatsiya kompaniyalarini “Xitoy ta’mirlash kemalari”Tinch okeani orqali internet-trafikni olib o‘tuvchi dengizosti internet kabellarida josuslik qilishlari mumkinligi haqida maxfiy ravishda ogohlantirgandi. AQSH Davlat departamenti vakillari Xitoyning S.B. Submarine Systems kompaniyasining ta’mirlash kemalarining noodatiy xatti-harakatlarini qayd etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy atom suvosti kemasi Vuachang kemasozlik zavodi Yantszi daryosi China State Shipbuilding Corp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing