Xitoyning eng keksa fuqarosi vafot etdi
Olam
−
18 dekabr 2021 22235 1 daqiqa
Xitoyning eng keksa fuqarosi Alimxan Seyti shu hafta Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyatida 135 yoshida vafot etdi. Bu haqda mahalliy hukumat xabar bergan.
“Xitoydagi eng keksa fuqaro Alimxan Seyti 16 dekabr kuni 135 yoshida Qashqarda vafot etdi”, deyiladi Qashqar hukumati bayonotida.
Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, u 1886 yil 25 iyunda tug‘ilgan, Qashqar okrugi, Yangishar uyezdi, Kumusherik qishlog‘ida yashagan. 2013 yilda u Xitoy gerontologlar va geriatrlar uyushmasi tomonidan tuzilgan XXRning eng keksa aholisi ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallagan.
Nabirasining so‘zlariga ko‘ra, u o‘limigacha juda oddiy turmush tarzini olib borgan, hovlisida qo‘shiq aytishni va quyoshda isinishni yaxshi ko‘rgan, u doimo quvnoq va ko‘p kulib yurgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025