Xitoyliklar O‘zbekistondan topilgan neandertal bolaning tashqi ko‘rinishini 3D formatda tikladi
Bu qiziq
−
18 yanvar 2023
21363Szilin universitetining bir guruh mutaxassislari O‘zbekistondagi Teshik-Tosh g‘oridan topilgan neandertal bolaning tashqi ko‘rinishini 3D holatida tikladi. Bu haqda “Russian news” nashri xabar berdi.
Bu birinchi bor 3D-restavratsiya yordamida toshga aylangan odam bosh suyagining kompyuterda tiklanishidir. Mutaxassislarning fikricha, yangi rekonstruksiya nafaqat Yevroosiyo mintaqasidagi odamlarning tashqi qiyofasini ko‘rsatibgina qolmay, balki Markaziy Osiyoda yashab o‘tgan neandertal odamlarning hayotini ham yaxshiroq o‘rganish imkonini beradi.
Ma’lumot uchun, taxminan miloddan avvalgi 300 mingdan – 40 minggacha yil oldin yashagan 8-9 yoshli neandertalga tegishli toshga aylangan bosh suyagi 1938 yilda topilgan. Bu suyak Osiyoda aniqlangan birinchi neandertal qoldig‘idir. Uning kashf etilishi neandertallarning Sharq tomonga ko‘chganini isbotlagan.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi