Xitoyliklar odamsimon robotlarning yangi avlodini namoyish etdi

Texnologiya

image

Joriy yilning 6 iyul kuni robototexnika va sun’iy intellektga ixtisoslashgan Xitoyning Fourier Intelligence texnologik kompaniyasi Shanxayda o‘tkazilayotgan Butunjahon sun’iy intellekt konferensiyasida o‘zining yangi avlod odamsimon robotini taqdim etdi. Bu haqda “China Daily” xabar berdi.

Shanxayda joylashgan kompaniya taqdim qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur GR-1 roboti asosan odamlarga turli vazifalarni bajarishda ko‘maklashadi.

“Bo‘yi 1,65 metr va og‘irligi 55 kilogramm bo‘lgan GR-1 nomini olgan robot soatiga 5 km tezlikda yuradi va 50 kilogrammgacha yuk ko‘tara oladi”, deyiladi kompaniya xabarida.

Ikki oyoqda harakatlanadigan robot to‘siqlardan qochishi, qiyalikdan ko‘tarilishi va tushishi, zarbalarga bardosh berishi mumkin. Sun’iy intellektga asoslangan robot odamlar bilan ham muloqot qilish qobiliyatiga ega.

Bu turdagi robotlar sanoatda ishlab chiqarish, turli reabilitatsiya yordami, ilmiy tadqiqotlar va maishiy xizmat ko‘rsatish kabi sohalarda qo‘llaniladi.


Maqola muallifi

Teglar

odamsimon robotlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar