Xitoyliklar kambodjaliklarning “tinchini buzmoqda”
Olam
−
20 fevral 2021 6357 1 daqiqa
Kambodjada Xitoydan kelgan muhojirlar orasida COVID-19 koronavirusi aniqlanmoqda. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Xun Sen ma’lum qilgan.
"Koronavirus bilan bog‘liq 32 ta mahalliy holatni aniqladik. Biz uchun bu juda yomon vaziyat. Bugun koronavirus uchun musbat natijalar faqat Xitoydan kelgan muhojirlar orasida qayd etildi", degan Sen.
Bosh vazir mamlakat aholisini xitoyliklarni musbat COVID-19 natijalari tufayli kamsitmaslikka chaqirgan.
Ma’lumot o‘rnida, Kambodjada butun pandemiya davrida jami 484 ta koronavirus holati qayd etilgan. Ulardan 470 kishi sog‘ayib ketgan. Vafot etganlar haqida ma’lumotlar yo‘q.
Live
Barchasi