Xitoylik va eronlik xakerlar Trampning saylovoldi shtab-kvartirasiga hujum qildi
Texnologiya
−
05 iyun 2020
5909O‘z hukumatlariga aloqador xitoylik va eronlik xakerlar AQSH Prezidenti Donald Tramp va sobiq vitse-prezident Jo Baydenning saylovoldi shtab-kvartiralariga muvaffaqiyatsiz hujum qildi. Bu haqda Google xabar bermoqda.
"Men yaqinda Baydenning saylovoldi shtabiga yo‘naltirilgan xitoylik guruhning maqsadli kiberhujumini va fishing orqali Trampning shtab-kvartirasiga yo‘naltirilgan kiberhujumni aniqladim", deb yozdi Google tahdidlarni tahlil qilish guruhi a’zosi Sheyn Xantli.
Baydenning kampaniya vakili hujumlar haqida xabardorliklarini aytdi.
"Biz xorijiy xakerlar saylovoldi kampaniyasi xodimlarining shaxsiy elektron pochtalariga kirish uchun muvaffaqiyatsiz urinishganidan xabardormiz. O‘z kampaniyamizning boshidanoq bunday hujumlar bo‘lishini bilardik", dedi u.
Tramp kampaniyasining vakili ham amalga oshirilgan hujumlardan xabardor ekanliklarini aytdi.
"Biz kiberxavfsizlik borasida sergakmiz va biron bir ehtiyot chorasini muhokama qilmaymiz", deya qo‘shimcha qildi u.
LiveBarchasi