Xitoylik erkak Jizzaxda tirik itni olovda kuydirdi
Jamiyat
−
06 iyul 2022
22532Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzaxdagi korxona ishchisi hayvonni kuydirgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Aniqlanishicha, holat Zafarobod tumani Chimqo‘rg‘on QFYda joylashgan sement zavodida sodir bo‘lgan. IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, mazkur holatni sodir etgan shaxs Xitoyda tug‘ilgan o‘zbek–xitoy qo‘shma korxonasida mexanizator bo‘lib ishlovchi Man Ming ekani aniqlangan.
Qayd etilishicha, tuman IIB xodimlari hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lgani uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi (Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Andijonda itlarni so‘yib, go‘shtini iste’mol qilgan shaxs aniqlangan edi.
LiveBarchasi