Xitoydan kelgan mehmon Mirziyoyevga Si Szinpinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi
Jamiyat
−
15 iyul 2021 3180 1 daqiqa
Bugun, 15 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi a’zosi, Tashqi ishlar vaziri Van Ini qabul qildi.
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi do‘stlik va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Vazir Van I davlat rahbariga XXR Raisi Si Szinpinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. O‘zbekistonning Markaziy va Janubiy Osiyo bog‘liqligini rivojlantirish borasidagi tashabbusi yuksak baholandi va qo‘llab-quvvatlandi, Toshkent shahrida o‘tkaziladigan konferensiya muvaffaqiyatli bo‘lishiga ishonch bildirildi.

Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, jumladan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik, madaniy-gumanitar sohalar va ko‘p qirrali hamkorlikning boshqa yo‘nalishlarida qo‘shma dastur va loyihalarni ilgari surish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Pandemiyaga qarshi kurashda yaqindan hamkorlikni davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi.

Xalqaro kun tartibi, shu jumladan Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.

Live
BarchasiAkademik Abdulla Ubaydullayev vafot etdi
12 dekabr