Xitoydagi shouda dronlar nazoratdan chiqib, odamlar ustiga yog‘ildi (video)
Olam
−
04 Oktabr 8344 1 daqiqa
Joriy yilning 2 oktyabr kuni Xitoyning Xunan provinsiyasidagi Luyan shahrida o‘tkazilgan dronlar ishtirokidagi bayram salyuti tomoshabinlar uchun haqiqiy falokat sahnasiga aylandi. Rang-barang salyut o‘rniga birdaniga osmondan qizigan dronlarning bo‘laklari tomoshabinlar ustiga yog‘ila boshladi, bu esa o‘rmon yong‘iniga sabab bo‘ldi. Bu haqda NTDTV xabar berdi.
Internetda tarqalgan videolarda dahshatli manzara yaqqol ko‘rinadi. Yonayotgan parchalarning odamlar orasiga va daraxtlar ustiga tushishi oqibatida tepalik yon bag‘rida yong‘in chiqqan. Kadrlarda odamlarning vahimali qichqiriqlari eshitiladi.
Shunga qaramay, rasmiylar hodisa oqibatini yashirishga uringan. Shou o‘tkazilgan park ma’muriyati yong‘inni “ahamyatsiz” deb atab, uning tezda bartaraf etilganini bildirgan. Tuman hokimiyati ham hech kim jabrlanmaganini va hodisa keyingi tomoshalarga ta’sir qilmasligini ma’lum qilgan.
Ammo voqea guvohlari manzarani boshqacha tasvirlagan. Shouni tomosha qilish uchun uzoq yo‘l bosib kelgan sayyohlar ijtimoiy tarmoqlarda o‘zlarining dahshatli taassurotlarini bo‘lishgan.
“Luyanga yo‘l bosib keldim, o‘sha joyda o‘zim bo‘lganman. O‘rmon yong‘ini nihoyatda kuchli edi! Bir necha soniya ichida u kichik uchqundan dahshatli alangaga aylandi”, deydi tomoshabinlardan biri.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyda aviashouga tayyorgarlik ko‘rayotgan ikkita uchar avtomobil havoda to‘qnashib ketgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi