Xitoyda bino qulashi oqibatida 40 ga yaqin odam bedarak yo‘qoldi
Olam
−
30 aprel 2022
6208Kecha, 29 aprel kuni ertalab Xitoy markazida joylashgan Hunan provinsiyasidagi Chansha shahrida sakkiz qavatli bino qulab tushdi. Oqibatda kamida 39 kishi bedarak yo‘qolgan. Bu haqda Xitoy markaziy Televideniyasi xabar berdi.
Dastlabki tergov natijalariga ko‘ra, bino sakkiz qavatdan iborat bo‘lgan. Birinchi qavatda do‘kon, ikkinchi qavatda restoran, uchinchi qavatda kichik kinozal va qahvaxona, to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi qavatda mehmonxona, yettinchi va sakkizinchi qavatda turar joy xonadonlari joylashgan. Binoning umumiy maydoni taxminan 800 kvadrat metrni tashkil etgan. U 10 yildan kamroq vaqt oldin qurilgan.
Ma’lum qilinishicha, qulash oqibatida bedarak yo‘qolganlardan tashqari 23 kishi vayronalar ostida qolgan, hozirgacha qutqaruvchilar besh kishini vayronalar ostidan olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan, ular shifoxonalarga yetkazilgan. Qurbonlar bor.
Qulash sabablari hali aniqlanmagan, qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Unga 700 kishi va 120 dona texnika jalb etilgan.
LiveBarchasi