Xitoydagi aviahalokatda hech kim tirik qolmadi

Olam

image

Joriy yilning 21 mart kuni Xitoyda halokatga uchragan Boeing 737 samolyotining 132 yo‘lovchisi, jumladan barcha ekipaj a’zolari halok bo‘ldi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Xu Chjenxun ma’lum qildi.

“21 mart kuni uchgan China Eastern Airlines MU5735 reysi bortidagi barcha 123 yo‘lovchi va to‘qqiz ekipaj a’zosi halok bo‘ldi”, deydi u.

Ma’lumot o‘rnida, 21 mart kuni Xitoyning Guanchjou avtonom rayoni, Uchjou shahri, Teng tumanida China Eastern Airlines aviakompaniyasining Boeing 737 yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi va o‘rmon yong‘iniga sabab bo‘ldi. Fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi bortida 132 kishi, jumladan 123 yo‘lovchi va to‘qqiz nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan samolyot halokatga uchraganini tasdiqladi. 2015 yildan beri foydalanilayotgan laynerning halokatga uchrashi mumkin bo‘lgan sabablari hozircha ma’lum emas.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga samolyot halokatga uchragani munosabati bilan ta’ziya bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

406

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing