Xitoyda zilzila qurbonlari soni 131 kishiga yetdi
Olam
−
20 dekabr 2023 6595 1 daqiqa
Xitoydagi zilzila qurbonlari soni 131 kishiga yetdi. Bu haqda Xitoyning CGTN telekanali hukumat rasmiylariga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, Gansu provinsiyasida 113 kishi, Sinxayda 18 kishi halok bo‘lgan.
CCTV telekanali xabariga ko‘ra, 300 dan ortiq odam jarohatlangan, ulardan kamida 140 nafari Sinxayda.
Eslatib o‘tamiz, Xitoy shimoli-g‘arbida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi. Dastlab ushbu yer silkinishi oqibatida 111 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilingandi.
Zilziladan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga mamlakatda yuz bergan zilzila yuzasidan hamdardlik yo‘lladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025