Xitoyda yirik portlash. Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga hamdardlik bildirdi

Jamiyat

Bugun, 22 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Szyansu provinsiyasi Yanchen shahridagi kimyo zavodida ro‘y bergan falokat oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga chuqur ta’ziya bildirdi.

XXRdagi kimyoviy zavodda juda kuchli portlash sodir bo‘lishi oqibatida 47 kishi halok bo‘ldi, 640 kishi shifoxonaga yotqizildi.

Portlash kecha, 21 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:00 da “Szyansu Tyanszyai” kimyoviy zavodida yuz bergan. Zavod Szyansu provinsiyasi Yanchen shahri okrugida joylashgan “Chenszyagan” kimyo sanoati kompleksi tarkibiga kiradi.

Portlash shu darajada kuchli bo‘lganki, Xitoy seysmik markazi 2,2 magnitudali zilzila qayd etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 47 kishi halok bo‘lgan. Jabrlanganlarning 32 nafari juda og‘ir ahvolda, 58 nafari og‘ir ahvolda bo‘lib turibdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev portlash hamdardlik O'zbekiston-Xitoy

Baholaganlar

76

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing