Xitoyda virusdan zararlanganlar 2 mingdan oshdi, 56 bemor vafot etdi

Olam

image

Xitoyda koronavirusdan zararlanganlar soni, 26 yanvar holatiga ko‘ra, 2002 kishiga yetdi. XXR hududlarida gigiyena va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha qo‘mitalar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, virusdan halok bo‘lganlar soni 56 kishini tashkil etadi.

Avvalroq, Xitoy hukumati 1975 kishi pnevmoniyaning yangi turiga chalingani haqida xabar bergan edi.

Bundan tashqari, deyarli 2,7 ming kishi virus yuqtirib olgan deya taxmin qilinmoqda, ammo ularning tashxisi hali tasdiqlanmagan. 

Virusdan zararlanish holatlarining yarmidan ko‘pi (1052) Xubey provinsiyasiga to‘g‘ri keladi. Undan so‘ng, Chjetszyan (104), Guandun (98) va Xenan (83) provinsiyalari bormoqda. Koronavirusning yangi turi mamlakatning deyarli barcha hududlarida qayd etilgan, jumladan, Pekin (51) va Shanxay (40)da ham.

Yana shuni alohida qayd etish lozimki, ushbu virus Xitoydan tashqari, Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur, Makao, Avstraliya, Tailand, Vetnam, Nepal, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Rossiya, AQSH, Fransiya kabi dunyoning ko‘plab davlatlarida ham uchramoqda.

Avvalroq, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan koronavirus infeksiyasini yangi turini O‘zbekiston hududiga chetdan kirib kelishi va tarqalishining oldini olish chora-tadbirlar rejasi loyihasi ishlab chiqilgani haqida ma’lum qilgan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy koronavirus

Baholaganlar

184

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing