Xitoyda vaziyat jiddiy: Pekin koronavirus ma’lumotlarini yashirishni boshladi

Olam

image

Xitoy koronavirus haqida kunlik ma’lumotlar e’lon qilishni to‘xtatdi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi.

"COVID-19 haqidagi tegishli ma’lumot Xitoy Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazi tomonidan ma’lumot va tadqiqot uchun e’lon qilinadi", deyiladi xabarda .

Unda markaz koronavirus haqidagi ma’lumotlarni qanchalik tez-tez yangilab turishi aniqlanmagan.

Shuningdek, Xitoy COVID-19 dan o‘limni aniqlash mezonlarini o‘zgartirgan. Qayd etilishicha, endi faqat nafas olish yetishmovchiligi bilan vafot etganlar koronavirusdan o‘lgan deb hisoblanadi.

Britaniyaning “Airfinity” tadqiqot kompaniyasi Xitoyda har kuni 5000 ga yaqin odam infeksiyadan vafot etishini taxmin qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda mamlakat shifoxonalari kasallangan shaxslar bilan to‘lib ketgan. Joy yetishmovchiligi kuzatilmoqda. Krematoriyada esa olov tinimsiz yonmoqda.

Avvalroq Xitoyda bir sutka ichida 37 mln kishi koronavirusga chalingani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

269

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing