Xitoyda vaksina qabul qilgandan keyin ham niqob taqish tavsiya etildi

Olam

image

Odamlar koronavirusga qarshi emlanganidan keyin ham shaxsiy himoya choralarini ko‘rib, niqob taqishlari kerak. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasi rahbarining o‘rinbosari Szen Isin ma’lum qildi

Shuningdek, Isin niqob taqish, ijtimoiy masofa saqlash va qo‘l yuvishni tavsiya qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, har qanday emlash ham 100% samarali bo‘lmaydi. 

“Biz ommaviy immunitetni o‘rnatmasdan oldin, odamlar xavfsizligi uchun epidemiyaning oldini olish va nazorat qilish bo‘yicha qat’iy choralarni ko‘rishimiz kerak”, deya qo‘shimcha qildi u.

Ma’lum qilinishicha, Xitoy o‘zining Ad5-nCoV deb nomlangan COVID-19 vaksinasini ham ishlab chiqaradi. CanSino Biologics kompaniyasi va Harbiy Tibbiyot fanlari akademiyasining Bioinjiniring tadqiqotlari instituti bu borada ish olib bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

36

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing