Xitoy o‘z fuqarolariga irqchilik sabab Avstraliyaga bormaslikka chaqirdi
Olam
−
06 iyun 2020
5662Xitoy Xalq Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi o‘z fuqarolariga irqchilik kayfiyatining kuchayishi sababli Avstraliyaga bormaslikni maslahat berdi. Bu haqda "Interfaks" nashri xabar berdi.
"Vazirlik xitoylik sayyohlarga o‘z xavfsizligi haqida ko‘proq o‘ylab ko‘rishni va Avstraliyaga bormaslikni maslahat beradi", deyiladi vazirlik xabarida.
Vazirlik so‘zlariga, Avstraliyada pandemiya munosabati bilan xitoyliklar va osiyoliklarga nisbatan irqiy kamsitish va zo‘ravonlik harakatlari ko‘paygan. Bunga sabab avstraliyaliklar xitoyliklarni koronavirus tarqatishda ayblashidir.
Avvalroq, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19 kasalligi kelib chiqishini o‘rganishda Xitoy tomoni to‘sqinlik qilayotgani haqida ma’lum qilgan edi.
LiveBarchasi