Xitoyda “uchar” aeroport quriladi (fotoreportaj)
Bu qiziq
−
08 fevral 2023
10970Xitoyning Changchun provinsiyasidagi “Longjia” xalqaro aeroportining noodatiy qurilish loyihasi taqdim etildi. Bu haqda “Archdaily” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, yangi bino yiliga 22 million yo‘lovchini qabul qilishi kutilmoqda. Qurilish tugagandan so‘ng 270 ming kvadrat metr maydonga ega aeroport Xitoyning gavjum Changchun va Jilin provinsiyasidagi eng yirik transport punktiga aylanadi. Aeroport binosining loyihasi qush qanotiga monand bo‘lib, ko‘tarilayotgan va qo‘nayotgan samolyotlarga “qanot qoqadi”. Shuningdek, binoda yo‘lovchilarni 54 ta havo kemasiga olib boradigan uch yo‘lak mavjud.
Bundan tashqari, jamoat transportlari aeroport hududida harakatlanishi foydalanuvchilar uchun yana bir qulaylik sifatida baholanmoqda. Bino yaqinidan o‘tgan ochiq metro, tezyurar temir yo‘l va avtomobil infratuzilmasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aeroport yo‘laklariga olib boradi.
Loyiha dizayniga ko‘ra, aeroport binosi hamda yo‘laklariga shaharni o‘rab turgan landshaft bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Dizayn jamoasi “bog‘ aeroport” yaratish istagini bildirmoqda. Bu turdagi binolarning asosiy qismi yashil hududga aylantiriladi hamda qurilishdagi ashyolarning aksariyati tabiiy materiallardan bo‘ladi.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi