Xitoyda tibbiyot xodimlari norozilik namoyishlari uyushtirmoqda (video)

Olam

image

Xitoyda Covid’ni aniqlaydigan test to‘plami ishlab chiqaruvchi zavodda ishchilar va mahalliy politsiya o‘rtasida to‘qnashuv kelib chiqdi. Holat tasvirlangan videolar ijtimoy tarmoqlarda tarqaldi.

“BBC News” nashrining xabar berishicha, namoyish 7 yanvar kuni mamlakat janubi-g‘arbidagi Chongqing shahrida to‘satdan e’lon qilingan tibbiy xodimlar shtatini qisqartirish to‘g‘risidagi qaror hamda ish haqi bo‘yicha kelishmovchiliklardan so‘ng boshlanib ketgan.

Aytish kerakki, Xitoy hukumatining “nol-Covid” siyosatiga chek qo‘yishi butun mamlakat bo‘ylab karantin cheklovlarini yumshatdi. Bu esa tibbiyot korxonalarining faoliyati qisqarishiga olib kelmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda yuzlab ishchilar zavodlar oldida to‘planib, “Bizga pulimizni qaytarib bering!” deya norozilik bildirayotganlarini ko‘rish mumkin.

Namoyishchilar politsiya xodimlariga stullar, qutilar va yo‘l belgilarini uloqtirib, ularni chekinishga majbur qilgan. Noroziliklarni hanuz to‘xtatmayotgan tibbiyot korxonalari ishchilari shu yo‘l bilan maoshlarini olishga umid qilmoqda.

Xitoyda siyosiy namoyishlar kamdan-kam sodir bo‘lsada, mehnat munosabatlari bo‘yicha norozilik namoyishlari va muayyan kompaniyalarga qarshi chiqishlar tez-tez bo‘lib turadi.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyning qat’iy “nol-Covid” siyosati 2022 yil noyabr oyida keng ko‘lamli noroziliklarga olib kelgan edi. Ushbu noroziliklar ortidan esa hukumat ko‘p o‘tmay cheklovlar olib tashlanganini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing