Xitoyda Shavkat Mirziyoyev haqida kitob chop etildi
Olam
−
07 dekabr 2019
6887Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xitoyning xalqaro tadqiqotlar institutida (CIIS) “Prezident Mirziyoyev. O‘zbekistonning islohotlar davri me’mori” nomli xitoy tilidagi kitob taqdimoti o‘tkazildi.
Kitobga 13 taniqli xitoylik mutaxassislarning maqolalari kiritilgan.
Bu kitob O‘zbekistondagi zamonaviy islohotlarni chuqur tushunuvchi siyosiy, ilmiy, akademik va mutaxassislik doiralari uchun qo‘llanma bo‘lishi kutilyapti.
“Bu kitobning chop etilishi o‘zbek-xitoy munosabatlarida muhim voqea hisoblanadi”, dedi XXRdagi O‘zbekiston elchisi Baxtiyor Saidov. Shuningdek, u kitobda mualliflarning O‘zbekiston v Xitoy munosabatlarini chuqurlashtirish bo‘yicha konseptual fikrlari keltirilganini qo‘shimcha qildi.
Kitob namoyishi O‘zbekisonning Xitoydagi elchixonasi va Xitoyning xalqaro tadqiqotlar instituti tomonidan tashkillashtirildi. Tadbirda CIIS direktori Si Chjenxun, Xitoyning Yevroosiyo bo‘yicha maxsus vakolatxonasi vakili Li Xuey, Xitoyning sobiq Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Chjan Deguan va kitobdagi ba’zi maqolalar mualliflari ishtirok etdi.