Xitoyda parranda grippi bilan kasallangan bemor aniqlandi

Olam

image

Xitoyda yuqori patogen H5N6 parranda grippi bilan kasallangan bemor qayd etildi. Bu haqda Gonkong Sog‘liqni saqlash idorasi xabar bermoqa.

Aytilishicha, infeksiya  Xitoyning janubiy Guandun provinsiyasida yashovchi 68 yoshli fuqaroda aniqlangan. U parrandalarni boqish bilan shug‘ullanadi.

Ma’lumot uchun, 3 dekabr kuni bemorda gripp alomatlari paydo bo‘la boshlagan va to‘rt kundan keyin shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda uning ahvoli shifokorlar tomonidan og‘ir deb baholanmoqda.

Shu kungacha Xitoyda parranda grippi bilan  kasallanish holatlar soni 53 taga yetgan. Shuningdek, 2021 yilda parranda grippining H5N6 shtammidan 21 kishi vafot etgan.

Avvalroq, xitoylik shifokorlar N10N3 parranda grippi bilan kasallangan birinchi bemorni aniqlagan edi. Shu paytgacha bu virus avval faqat hayvonlar orasida tarqalgan bo‘lgan.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

41

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing