Xitoyda odam ilk bor N10N3 parranda grippiga chalindi
Olam
−
01 iyun 2021
3733Xitoy sharqidagi Szyansu provinsiyasida odam birinchi marta H10N3 parranda grippiga chalindi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Gigiyena va sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasi bayonotiga asoslanib ma’lumot berilgan.
Xabar qilinishicha, Chjenszyan shahridan bo‘lgan 41 yoshli erkak joriy yilning aprel oyi oxirida isitma va o‘zini yomon his qilishidan shikoyat qilib, shifokor huzuriga tashrif buyurgan. Mutaxassis bemorni shifoxonaga yotqizish to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Hozirga qadar bemor deyarli tuzalib ketgan.
Joriy yil 28 may kuni Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish milliy markazi kerakli testlarni o‘tkazgan va erkak H10N3 bilan kasallanganini aniqlagan. Hozirda u bilan aloqada bo‘lgan barcha odamlar tibbiy nazorat ostida.
Qayd etilishicha, H10N3 bemorga parrandadan yuqqan. Bu dunyoda birinchi marta odamning H10N3 parranda grippiga chalingani ekani takidlangan.
LiveBarchasi