Xitoyda nikoh qurish rekord darajada tushib ketdi

Olam

image

O‘tgan 2024 yilda Xitoyda nikohlar soni beshinchi marta kamaydi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilishicha, hukumatning mamlakat aholisini oshirish uchun yosh er-xotinlarni turmush qurish va farzand ko‘rishga undashga qaratilgan sa’y-harakatlariga qaramay, bu natija rekord darajadagi pasayish hisoblanadi.

Ma’lum qilinishicha, nikoh va oilani shakllantirishga bo‘lgan qiziqishning pasayishi uzoq vaqtdan beri Xitoyda bolalarga qarash va ta’limning yuqori narxi bilan bog‘liq.

Nashrga ko‘ra, o‘tgan yili 6,1 milliondan ortiq juftlik nikoh uchun ro‘yxatga olingan, bu esa oldingi yilgi 7,68 milliondan kam degani.

“Misli ko‘rilmagan! Hatto 2020 yilda ham, koronavirus pandemiyasi tufayli nikoh darajasi atigi 12,2 foizga qisqargandi”, degan nashr suhbatdoshlaridan biri.

Uning ta’kidlashicha, o‘tgan yili Xitoyda nikohlar soni 2013 yildagi 13,47 million nikohning yarmidan kamini tashkil qilgan.

Ma’lumot uchun, Xitoy aholi soni bo‘yicha 1,4 milliard kishi bilan dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi va aholisi tez qarimoqda. Xitoyning 1980-2015 yillardagi bir bola siyosati va tez urbanizatsiya tufayli tug‘ilish darajasi o‘nlab yillar davomida pasayib bormoqda. Kelgusi o‘n yil ichida 300 millionga yaqin xitoylik nafaqaga chiqishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2024 yilda Xitoy aholisi 1,39 million kishiga kamayib, 1 mlrd 408 mln kishini tashkil qilgani haqida xabar berilgandi. Hisobotga ko‘ra, yil davomida mamlakatda 9,54 million bola tug‘ilgan, 10,93 million kishi vafot etgan. Tug‘ilish koeffitsiyenti har ming kishiga 6,77 ni, o‘lim koeffitsiyenti esa 7,76 ni tashkil qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy nikoh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing