Xitoyda koronavirusning yangi o‘chog‘i aniqlandi

Olam

image

Kecha, 11 sentyabr kuni Xitoyda SOVID-19 ning yangi o‘chog‘i aniqlandi. Koronavirus tarqalishining yangi markazi mamlakat sharqidagi Futszyan provinsiyasi bo‘ldi. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash qo‘mitasi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kecha Futszyan viloyatining Putyan shahrida 19 ta va Syuanchjou shahrida bitta ichki kasallanish holati qayd etilgan.

O‘tgan kechada mamlakatda jami 46 kishida koronavirus aniqlangan, ularning 26 nafari xorijdan kelganlar bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Xitoyda pandemiya boshidan beri 95 199 nafar kishida koronavirs aniqlangan, 4636 kishi kasallikdan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

915

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing