Xitoyda koronavirusning yangi to‘lqini boshlandi 

Olam

image

Kecha, 2 noyabr kuni Xitoyda COVID-19 infeksiyasining 109 ta yangi holati aniqlandi, shundan 93 tasi mahalliy. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanib xabar berilgan.

Ta’kidlanishicha, Xitoyda 16 ta holat boshqa mamlakatdan kelganlarda, 93 ta holat esa mahalliy aholidan aniqlangan. Mahalliy infeksiya holatlarining aksariyati Rossiya bilan chegaradosh mamlakat shimolidagi
Xeylunszyan provinsiyasida (35 ta holat) qayd etilgan. 

Joriy yilning 1 noyabr kuni esa Xitoyda COVID-19 infeksiyasining 71 ta holati aniqlangan, shundan 54 tasi mahalliy. 

Umuman olganda, pandemiya boshlanganidan beri Xitoyda 97 423 ta tasdiqlangan kasallik holati aniqlangan, 4 636 kishi vafot etgan. 

Avvalroq, AQSH Milliy razvedkasi direktori idorasi (ODNI) SARS-CoV-2 koronavirusining kelib chiqishi haqidagi maxfiy xulosalarini e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

483

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing