Xitoyda qurollangan erkak maktab o‘quvchilariga hujum qildi

Olam

image

Bugun, 4 iyun kuni Xitoyning janubidagi Uchjou shahrida pichoq bilan qurollangan erkak bir guruh maktab o‘quvchilariga hujum qildi. Oqibatda 20 kishi jarohat oldi. Bu haqda “Sina” axborot portali xabar bermoqda.

Xabarlarga ko‘ra, hodisa mahalliy vaqt bilan soat 08:00 (Toshkent vaqti bilan 05:00) atrofida maktab yaqinida sodir bo‘lgan. Jabrlanganlar orasida bolalar, maktab direktorining o‘rinbosari va qo‘riqchi bor.

Voqea joyiga politsiya yetib kelgan va hujum qilgan odamni ushlagan. Tez tibbiy yordam xodimlari voqea joyida ishlamoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, yaralanganlarning kamida uch nafarining ahvoli og‘ir. Hodisa sabablari aniqlanmoqda, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy

Baholaganlar

93

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing