Xitoyda qariyalar namoyish o‘tkazdi

Olam

image

Xitoyda asosan keksalardan iborat olomon ko‘chalarga chiqib, tibbiy imtiyozlari qisqartirilishiga qarshi norozilik bildirdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Qayd etilishicha, 8 fevral kuni Uxanda provinsiya hukumati nafaqaxo‘rlar hukumatdan talab qilishi mumkin bo‘lgan tibbiy xarajatlar darajasini pasaytirayotganini aytganidan keyin sodir bo‘lgan yetti kunlik norozilik nomoyishlari kecha, 15 fevral kuni yana avj olgan. Hukumat qaroridan norozi qariyalar bu safar nafaqat Uxanda, balki shimoli-sharqiy Dalian shahrida ham to‘plangan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan videolarda keksa namoyishchilar global Kommunistik madhiyani kuylayotgani aks etgan. Ilgari bu qo‘shiq namoyishchilar hukumatga yoki Kommunistik partiyaga qarshi emasligini, faqat o‘z shikoyatlari hal qilinishini xohlayotganini bildirish vositasi sifatida ishlatilgan.

Guvohlar yaqin atrofdagi yo‘lning ikkala tomonidagi politsiya shiorlar aytib yurgan yuzlab keksa namoyishchilarga ko‘proq odamlar qo‘shilmasligi uchun hududga kirishni to‘sib qo‘yganini tasdiqlagan. Biroq Uxan va Dalian rasmiylari so‘nggi norozilik namoyishlari haqida hech qanday ma’lumotga ega emasliklarini va shuning uchun izoh berishga hojat yo‘qligini aytgan. Mahalliy politsiya bo‘limlariga qilingan qo‘ng‘iroqlar esa javobsiz qolgan.

Xitoyning Wyeibo ijtimoiy media platformasida xitoy tilida tibbiy sug‘urta ma’nosini anglatuvchi xeshteg ommalashib ketgan, ammo keyinchalik bu xeshteg tarmoqning “qaynoq mavzular” bo‘limidan olib tashlangan. Uxandagi eng so‘nggi norozilik namoyishlari joyiga mos keladigan xeshteglar, xabarlar va fotosuratlar ham o‘chirib tashlangan. Xitoyning keng qamrovli senzura apparati harakatga kelgan bo‘lsa ham, ijtimoiy tarmoqlarda norozilik bildirgan nafaqaxo‘rlarni qo‘llab-quvvatlash davom etmoqda. 

Ta’kidlash joizki, bunday tibbiy sug‘urta masalalari viloyat darajasida ko‘rib chiqiladi. Bunga qaramasdan, norozilik namoyishlari mamlakatning turli qismlariga tarqalgan. Bu esa Xitoyda namoyishlar o‘tkazish kuchiga ishonch uyg‘onganidan darak beradi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oxirida minglab xitoylik yoshlar norozilik namoyishlarida ishtirok etgan va natijada hukumat o‘zining qat’iy nol-COVID choralarini bekor qilishga majbur bo‘lgandi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing