Xitoyda qabrlar elektronlashtirilyapti
Bu qiziq
−
23 avgust 2023 12652 1 daqiqa
Xitoyda qarish ko‘rsatkichlarining yuqoriligi sabab raqamli qabristonlar yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “Business Insider” nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda dafn marosimi o‘rtacha 5 ming 400 AQSH dollarga tushadi. Bu esa odamlar o‘rtacha yillik ish haqining 45 foizini tashkil qiladi. Mamlakat poytaxti Pekinda an’anaviy dafn qilish stavkalari bundan ancha qimmatroq. Ammo shahardagi Taiziyu qabristonida raqamli qabrlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularning xarajatlari 7 ming 700 dollardan oshmaydi, bu xuddi shu hududda an’anaviy dafn qilish marosimi narxining uchdan bir qismini tashkil etadi.

Taiziyu qabristonida marhumlar xokini saqlash uchun bo‘limlar mavjud bo‘lib, ularning eshiklarida dafn etilganlarning raqamli suratlari va videolari ham ko‘rsatiladi. Bildirilishicha, 2023 yil boshidan buyon Pekinda shunga o‘xshash 500 dan ortiq raqamli qabrlar sotilgan.

Shuningdek, bunday qabristonlar joyni ham tejaydi. Masalan, taxminan 64,5 metr maydondagi raqamli qabristonda 150 dan ortiq qabr joylashishi mumkin. Bu o‘lchamdagi yerga an’anaviy qabrlarning faqat oltitasini sig‘dirish mumkin.

Davlat kengashi 2035 yilga borib Pekin jamoat qabristonlarini egallagan yerlar miqdorini 70 foizga kamaytirishga harakat qilishini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniyada ekologiyaga yetkaziladigan zarar miqdorini kamaytirish maqsadida o‘liklarni ishqorli suvda eritish amaliyoti joriy etilmoqda.Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025