Xitoyda 6,8 balli zilzilada 65 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
06 Sentabr 2022
6141Kecha, 5 sentyabr kuni Xitoyning janubi-g‘arbidagi Sichuan provinsiyasida 6,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.
Xitoy seysmologiya markazi dushanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:52da 1,1 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladigan Gardze-Tibet avtonom viloyatida kuchli silkinishlarni qayd etdi. Zilzila epitsentri Ludin okrugida, 16 km chuqurlikda joylashgan.
6 sentyabr holatiga tabiiy ofat qurbonlari soni 65 nafarga yetdi. Gardze-Tibet avtonom viloyatida qutqaruvchilar 37 kishining jasadini topgan, yana 12 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanyapti. Yaan shahar okrugida 28 kishi tabiiy ofat qurboni bo‘lgan. Ushbu hududlarning 248 nafar aholisi jabrlangan, ularning chorak qismi og‘ir tan jarohati olgan.
Kecha kechasi e’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, viloyat hukumati 50 ming kishini vaqtincha evakuatsiya qilgan. Xitoy hukumati qutqaruv ishlarini olib borish va tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun 50 million yuan (taxminan 7,25 million dollar) ajratgan.
Sichuan provinsiyasida yo‘llar, elektr uzatish liniyalari va kommunikatsiya infratuzilmasi shikastlangan. Qutqaruvchilar vayronalar ostidan odamlarni qidirishda davom etmoqda.
LiveBarchasi