Xitoyda 5G tayanch stansiyalarining soni oshdi

Texnologiya

image

Xitoyda 5G bilan ta’minlovchi stansiyalarning umumiy soni 2,22 millionga yetdi. Bu haqda "Interfaks" nashri xabar berdi.

Mamlakatda 2022 yilning boshidan beri 795 mingta 5G internet bilan ta’minlovchi stansiyalari qurilgan. Natijada ularning soni 2.22 millionga yaqinlashdi.

Ta’kidlanishicha, joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida Xitoy telekommunikatsiya kompaniyalarining umumiy daromadi taxminan 1,2 trillion yuanni (167,37 milliard dollar) tashkil etgan. Bu 2021 yilning shu davridagi ko‘rsatkichdan 8,2 foizga ko‘pdir.

Ma’lumot o‘rnida, mamlakatning uchta eng yirik operatorlari orasida China Mobile'ning 5G foydalanuvchilari soni sentyabr oyida 18 millionga o‘sgan. Oy oxirida ularning soni 556,8 millionni tashkil qilgan.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

34

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing