Xitoyda 26,5 million yil oldin yashagan hayvon qoldiqlari topildi 

Bu qiziq

image

Xitoyda qariyb 26,5 million yil oldin yashagan va og‘irligi xuddi to‘rtta afrika filiga teng keladigan (21 tonna) yirik karkidonning yangi turi topilgan. Bu haqda “Communications Biology” jurnali xabar bergan.  

Hayvon qoldiqlari 2015 yilda Gansu provinsiyasidan topilgan. Qoldiqlarni tahlil qilish natijasida u boshqa yirik karkidonlardan mutlaqo farq qilishi tasdiqlangan. Hayvonga Paraceratherium linxiaense deya nom berilgan. 

Shoxsiz jonzotning boshi u daraxt tepasidan barg bilan oziqlana olishi uchun taxminan yetti metrga teng ekani aniqlangan. Ushbu o‘lchamdan bilish mumkinki, u jirafadan ham balandroq bo‘lgan. 

Shuningdek, hayvonning bo‘yni uzun va egiluvchan bo‘lgan. Olimlar jamoasi ushbu yangi tur bir vaqtlar Pokistonda yashagan yirik karkidonlar bilan chambarchas bog‘liqligini aniqlashgan. Bu esa uning Markaziy Osiyoga sayohat qilganidan dalolat beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy karkidon

Baholaganlar

107

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing