Xitoyda hibslangan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat
−
22 may 2019
3743Xitoyda qamoqda saqlanayotgan O‘zbekiston fuqarosi ozodlikka chiqib, Vatanga qaytdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekistonning Shanxay shahridagi (Xitoy) Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra O‘zbekiston fuqarosi X. Mahkamov joriy yilning 17 may kuni Xitoydan uchib ketgan.
Ilgari u Chanchjou shahri (Szyansu provinsiyasi) politsiyasi tomonidan qo‘lga olinib, mamlakatga kirish va chiqish tartibi to‘g‘risidagi qonunni buzganligi – muddati o‘tgan viza bilan Xitoy hududida bo‘lib turgani uchun qamoqqa olingandi.
Bosh konsulxonaning mazkur masalaga aralashuvi natijasida Xitoy tomoni hukumat idoralari uni O‘zbekistonga qaytarish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
LiveBarchasi