Xitoy “josus shar” mashmashasiga ishonmaslikka chaqirdi
Olam
−
03 fevral 2023
8275Xitoy Amerika Qo‘shma Shtatlari osmonida ko‘rilgan “ayg‘oqchi shar” haqidagi taxminlardan qochishga chaqirmoqda. Bu haqda bugun, 3 fevral kuni Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mao Ning brifingda aytib o‘tdi.
Mao Ningga ko‘ra, ayni damda Xitoy rasmiylari ushbu mavzu bo‘yicha olingan ma’lumotlarni tekshirmoqda.
“Bo‘lgan voqea tafsilotlari ma’lum bo‘lmaguncha, bu masala bo‘yicha har qanday mish-mish va shov-shuv ko‘tarish to‘g‘ri yechim emas”, dedi Xitoy TIV rasmiy vakili.
Shuningdek, u XXR mas’uliyatli davlatligini, qat’iy xalqaro qonunlarga muvofiq harakat qilishi va boshqa mamlakatlar suverenitetini buzish yoki havo hududiga bostirib kirish niyatida emasligini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pentagon matbuot kotibi Patrik Rayder AQSH harbiylari mamlakatning shimoliy hududlari ustida Xitoyga tegishli deb hisoblanayotgan razvedka sharini topishganini, shundan so‘ng xorijiy razvedka tomonidan maxfiy ma’lumotlar to‘planishidan himoyalanish uchun zarur choralar ko‘rilganini aytgan edi.
Alibek Beyjanov
LiveBarchasi