Xitoy virus haqida bilmagan – AQSH razvedkasi

Olam

image

AQSH Milliy razvedkasi direktori idorasi (ODNI) SARS-CoV-2 koronavirusining kelib chiqishi haqidagi maxfiy xulosalarini e’lon qildi.

Mamlakat razvedka idoralarining aksariyati virus biologik qurol sifatida ishlab chiqilmagan va “ehtimol, gen muhandisligi yordamida ham yaratilmagan” deb hisoblaydi. Biroq, boshqa ikki departamentning fikricha, bunday baholash uchun “ma’lumotlar yetarli bo‘lmagan”.

AQSH razvedkasi ko‘ra, Xitoy rasmiylari Uxanda koronavirus infeksiyasi tarqalgunga qadar SARS-CoV-2 mavjudligi to‘g‘risida bilmagan.

Shunday bo‘lsa-da, hisobot mualliflari koronavirusning kelib chiqishi haqida aniq bir xulosaga kela olishmagan. Ikkita versiya asosiy hisoblanadi: virusning hayvondan odamga tabiiy yuqishi yoki “laboratoriya bilan bog‘liq hodisa”.

Qayd etilishicha, koronavirusning kelib chiqishini nihoyat aniqlash uchun Xitoyning hamkorligi zarur. Biroq hujjatga ko‘ra, Pekin “global tergovga to‘sqinlik qilishda davom etmoqda”, axborot almashinuvini qo‘llab-quvvatlamaydi va “bunda boshqa davlatlarni, jumladan, AQSHni ayblamoqda”.

Xuddi shunday xulosalar AQSH milliy razvedkasining avgust oyi oxirida e’lon qilingan hisobotida ham bor edi. Unda aytilishicha, koronavirus Xitoy tomonidan biologik qurol sifatida ishlab chiqilmagan va Xitoy rasmiylari SARS-CoV-2 tarqalgunga qadar virus haqida hech qanday ma’lumotga ega bo‘lmagan. Shu bilan birga, razvedkaning ta’kidlashicha, virusning sun’iy kelib chiqishi haqidagi gipotezani istisno qilish uchun yetarli dalillar yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

381

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing